Google Finlandiyada 250 ming daraxtni noqonuniy kesdi
Google Finlandiya şimolida maʼlumotlar markazi qurmoqçi. Şu maqsadda kompaniya taxminan 250 ming daraxtni noqonuniy kesib taşladi va bu mamlakatda ğazab uyğotdi.
Kompaniya bir neça oy oldin Finlandiya şimolidagi Muhos şahri yaqinida işni boşladi. U yerda 330 gektar (815 akr) örmon butunlay tözalandi. Ilgari bu maydonda taxminan çorak million daraxt bor edi. Google maʼlumotlar markazi qurişdan oldin atrof-muhitga taʼsirni majburiy baholaşni yakunlamagan.
Maydon simli panjara bilan örab olingan. Ustki tuproq qatlami ham olib ketilgan. Örmon örnida endi texnika izlari tuşgan ulkan loy maydoni, kölmaklar, tuproq, ildiz va şox uyumlari qolgan. Mahalliy aholining aytişiça, maydondan oqayotgan jigarrang suv Oulujoki daryosiga quyiladigan soyga tuşmoqda.
Tabiat himoyaçilari baholaşiça, Otanmakiʼdagi ikkinçi maydonda yana 150 ming daraxt kesilgan. Finlandiyaning litsenziya beruvçi organi şu oy boşida Googleʼga ikkala maydondagi işlarni töxtatişni buyurdi. Bu maydonlar 13 milliard yevrolik sunʼiy intellekt infratuzilmasi loyihasiga kiradi. Loyiha Finlandiyada öz turidagi eng yirigidir.