● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Falastin öquvçilar uçun xalqaro himoya söradi

Falastin Ta'lim vazirligi isroil oxirgi 24 soatda Ğazoda 3 öquvçini öldirganini ma'lum qilib, bolalarni himoya qiliş uçun xalqaro çoralar körişga çaqirdi.

Vazirlikning yozma bayonotida Ğazodagi öquvçilar hayotiga tahdid soluvçi xavflar ortib borayotgani ta'kidlandi.

Bayonotda isroil 3 öquvçini öldirgani qayd etilib, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (UNICEF) va xalqaro inson huquqlari taşkilotlari bolalarni himoya qilişga, ularning maktablar va ta'lim maskanlariga xavfsiz yetib borişini kafolatlaşga hamda sodir etilgan huquqbuzarliklarni hujjatlaştirişga çaqirildi.

Mahalliy matbuotga köra, falastinlik bolalardan ikkisi isroil askarlari öt oçişi natijasida, yana biri esa maktabdan qaytayotganda havo hujumi oqibatida halok böldi.