Eron qöşnilarga ultimatum qöydi: AQŞdan voz keçing
Tehron Yaqin Şarq davlatlaridan Vaşington bilan uruş qayta boşlansa, AQŞni qöllab-quvvatlamaslikni talab qildi.
Eron Yaqin Şarq davlatlariga ultimatum yubordi: Tehron va Vaşington örtasida janglar qayta boşlansa, ular AQŞni qöllab-quvvatlamasligi kerak. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Eron parlamentining milliy xavfsizlik va taşqi siyosat qömitasi aʼzosi Feda-Husayn Maleki maʼlum qildi. «Mintaqa davlatlariga ultimatum berildi – AQŞni har qanday qöllab-quvvatlaşdan voz keçiş. 40 kunlik uruş davomida biz AQŞ Eronga hujum qiliş uçun foydalangan har qanday davlat hududidagi bazalarga zarba berdik», — dedi Maleki. Eronda 40 kunlik uruş deb 2026-yil fevral–mart oylarida AQŞning Islom Respublikasiga qarşi olib borgan harbiy harakatlari ataladi.
Deputatning aytişiça, Eron AQŞning mintaqadagi harakatlarini kuzatib boryapti va Amerika armiyasi hujumlarni qayta boşlasa, javob operatsiyalarida yangi taktika qöllaşga tayyor. «Harbiy jihatga kelsak, biz amerikaliklarning mintaqada va Hormuz böğozi hududidagi harakatlarini kuzatyapmiz. Biz qarşi tomonga aytdik: agar u yana uruş boşlamoqçi bölsa, Eron jangga yangi variantlar bilan kiradi – ham operatsiyalar ötkaziş, ham taktik yondaşuvlarni özgartiriş va yangilarini işga soliş orqali», — dedi Maleki. Uning qöşimça qilişiça, yangi taktik yondaşuvlar, Eronning raketa salohiyati kabi, dunyo va harbiy ekspertlarni «hayratda qoldira oladi».
Bundan avval NBC News telekanali xabardor manbalarga tayanib, AQŞ Yaqin Şarq mamlakatlaridan öz harbiy va diplomatik xodimlarini asta-sekin olib çiqayotganini, bu esa fevral oyida Eron bilan mojaro boşlangan paytdagi vaziyatni eslatayotganini xabar qilgan edi. AQŞ va isroil 28-fevralda Erondagi obyektlarga zarba bera boşlagan, Eron ham javob zarbalari bilan muqobala qilgan. Iyun oyi örtalarida Tehron va Vaşington janglarni töxtatiş haqida memorandum imzolagan, biroq keyinroq tomonlar yana zarbalar almaşgan. Mojaro hamon hal qilinmagan.