● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Pulini ololmagan eksportçi jarimasi yarmiga kamayişi mumkin

Quyi palata deputatlari xorijiy hamkoridan tuşumni öz vaqtida qaytara olmagan tadbirkorga sud jarimani 50 foizga qisqartira olişini nazarda tutuvçi tuzatişlarni maʼqulladi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari 20-oktabr kuni "Valyutani tartibga soliş töğrisida"gi qonunning 11-1-moddasiga tuzatişlarni ikkinçi hamda uçinçi öqişda qabul qilib, hujjatni Senatga jönatdi. Yangi normaga köra, taşqi savdo aktivlari belgilangan muddatda qaytarilmagan holatda sud kamida bitta yengillaştiruvçi holat aniqlansa, jarimani 50 foizga qisqartirişi mumkin. Bunday holatlar uçta: kompaniya qarzni undiriş uçun qölidan kelgan barça çorani vijdonan körgan (sudga yoki arbitrajga ariza bergan, majburiy undirişning boşqa qonuniy yöllaridan foydalangan); operatsiya böyiça aktivlarning 50 foizi yoki undan köpi qaytarilgan; pul qaytişiga xalqaro sanksiyalar, bank va tölov tizimlaridagi çeklovlar yoxud kontragent ya tölov amalga oşiriladigan davlatdagi valyuta taqiqlari töşqinlik qilgan. Jarima kamaytirilsa ham, qolgan qarz keçilmaydi va kompaniya uni undiriş majburiyatidan xalos bölmaydi.

Loyiha xorijiy hamkorning xatti-harakati, xalqaro tölov çeklovlari kabi tadbirkorning öziga boğliq bölmagan sabablar tufayli mablağni qaytara olmayotganlarni himoya qilişni maqsad qiladi. Muhokamada keltirilgan raqamlarga qaraganda, iqtisodiy sudlar 2024-yilda 3500 tadbirkorga umumiy 752 mlrd sömlik jarima belgilagan bölsa, 2025-yilda bunday işlar 9100 taga, jarima summasi esa 3,3 trln sömga çiqqan. Parlamentning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi aʼzosi Uluğbek Qobulovning aytişiça, ikkinçi öqişga tayyorgarlik paytida uç qoidaga aniqlik kiritildi: sudga, arbitrajga yoki majburiy undirişga murojaat qiliş yengillaştiruvçi holatlar röyxatiga qöşildi, fors-major uçun alohida şart belgilandi, "hammaga maʼlum bölgan xalqaro sanksiyalar" iborasidan esa "hammaga maʼlum bölgan" sözlari olib taşlandi. «Birinçi öqişda aktivlarning 50 foizdan ortiğini qaytariş nazarda tutilgan bölsa, ikkinçi öqişda bu körsatkiç 50 foiz va undan yuqori etib belgilandi», — dedi Uluğbek Qobulov.

Amaldagi qonunga köra, aktivlar tölov yoki eksport kunidan boşlab 180 kun içida qaytarilişi şart. Şu muddatdan keyin keçikiş 45 kundan (kiçik biznesda 90 kundan) oşsa, 360 kungaça qaytmagan summaning 5 foizi, 360–545 kun oraliğida yana 10 foizi, 545 kundan oşganda esa qöşimça 35 foizi jarima sifatida olinadi — jami 50 foizgaça. Jarimani ikki baravar kamaytiriş Prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi farmonida 2027-yil 1-yanvardan qöllanişi belgilangan, qonun loyihasi esa bu mexanizmni mustahkamlab, şartlarini aniqlaştiradi. Imtiyoz davlatga 50 va undan ortiq foiz uluş tegişli kompaniyalarga hamda kapitalining kamida yarmi şunday kompaniyalarniki bölgan tuzilmalarga tatbiq etilmaydi. Şuningdek, 2027-yil 1-yanvargaça tadbirkorlar farmon kuçga kirgunga qadar paydo bölgan muddati ötgan eksport qarzini öz hisobidan yopişi mumkin: bunda undirilmagan jarimalar tölangan qismga mutanosib ravişda bekor qilinadi, biroq bunday tuşum eksport tuşumi sanalmaydi va QQSning nol stavkasiga huquq bermaydi.