Hojatxonada ijtimoiy tarmoqlarni tomoşa qiliş
Hojat çiqariş paytida telefondan foydalaniş, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatiş va video köriş mumkinmi?
Savol: Hojat çiqariş vaqtida telefondan foydalaniş, undagi ijtimoiy tarmoqqa kirib, xabarlarni öqiş, turli videolarni köriş mumkinmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Yöq, bu mumkin emas. Hojatxona öz nomi bilan hojat çiqariladigan joy. Ya'ni hojati bajarilgaç, u yerdan çiqiladigan joy. Uzoq vaqt dam olib yoki biror nima öqib ötiriladigan joy emas. Qolaversa, u joylarni köpinça jin va şaytonlar maskan tutgan böladi.
Şuning uçun ham Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirişdan avval: «Allohumma inniy a'uzu bika minal xubusi val-xobais – Ey Alloh, Sendan erkak va urğoçi iflos(şayton)lardan panoh tilayman», deganlar va şuni biz ummatga şunday qilişni ta'lim berganlar.
Musulmon inson hojatxonaga kirişda uşbu duoni öqib, Alloh taolodan şaytonlar yomonligidan panoh söraydi va u hojati bitgaç, tezroq çiqiş harakatida böladi.
Zamonaviy tibbiyotda ham hojatxonada uzoq vaqt ötiriş bavosir (gemorroy) kasalligini keltirib çiqarişi, tana va kiyimlarga turli bakteriyalar örnaşib qolişi isbotlangan.
Demak, hojatxonaga kirgan inson boşqa işlar bilan, xususan, telefon köriş, ijtimoiy tarmoqlarga kiriş yoki videolar köriş bilan şuğullanişi şar'an ham, tibbiy jihatdan ham joiz emas.
Hojatxonadan çiqişda esa: «Alhamdu lillahillaziy azhaba annil aza va 'afaniy – Mendan ozor beruvçi narsani ketkazib, meni ofiyatda qilgan Allohga hamdlar bölsin!», deyiladi. Vallohu a'lam.
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.