Ğazoda yarim million kişi yordamsiz qoladi
Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOO) mablağ taqçilligi tufayli Ğazodagi 500 ming kişiga oylik yordamni töxtatişini ma'lum qildi.
BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi duşanba kuni uruşdan vayron bölgan Falastin hududida ehtiyoj keskin bölişiga qaramay, mablağ yetişmasligi sababli Ğazodagi 500 ming kişiga oylik yordamni töxtatişini ma'lum qildi. Qisqartirişlar natijasida Ğazodagi 1,1 million falastinlik — aholining qariyb yarmi — har oy kamaytirilgan miqdorda oziq-ovqat yoki naqd pul yordami oladi. Taşkilotning operativ bildirişiga köra, oziq-ovqat yordami oluvçi oilalar endi ikkita emas, bitta oziq-ovqat töplami va kiçikroq qop buğdoy unini oladi, naqd yordam oluvçi 75 ming oilaga esa oylik tölov 1250 şekeldan 750 şekelga (400 dollardan 240 dollarga) tuşiriladi. Sulh e'lon qilinganidan beri BOO yordamni kengaytirib, har oy 1,5–1,8 million kişini qamrab olgan edi.
«Odamlar xavfsiz emas. Havo zarbalari har kuni davom etmoqda. Odamlar hamon köçirilgan holda. Deyarli hamma doimiy boşpanasiz. Insonparvarlik şaroiti şafqatsiz. Bu yordam hayot yöli böldi. Ammo endi uni saqlab qoliş va kengaytiriş örniga, aslida qisqartirişga majbur bölyapmiz. Bu oziq-ovqat yetkazişga insonparvarlik kiriş imkonimiz yöqligidan emas, mablağimiz yöqligidan. Hozir Falastin va Ğazo tarixida Ğazoda bölayotgan voqealardan yuz ögiriş vaqti emas», — dedi BOOning mamlakat böyiça direktori Şon Xyuz Şarqiy Quddusda AFP agentligiga.
Xyuzning söziga köra, sönggi baholar 1,4 million kişi — Ğazo aholisining uçdan ikki qismi — hamon "keskin oziq-ovqat xavfsizligi yöqligi" holatida ekanini va omon qoliş uçun insonparvarlik yordamiga muhtojligini körsatmoqda. BOO ötgan yili Ğazodagi oçarçilik oqibatlarini yumşatganini ta'kidladi: ötgan avgustda BMTning "Oziq-ovqat xavfsizligi bosqiçlarining integratsiyalaşgan tasnifi" Ğazoda oçarçilik qayd etgan, 2023-yil 7-oktabrdagi HAMAS hujumidan beri hududni qamal qilib, unga qarşi genotsid uruşi olib borayotgan isroil esa buni yolğon deb atagan edi; tasnif AQŞ vositaçiligidagi sulh e'lon qilinganidan ikki oy keyin, dekabrda bekor qilingan, biroq isroil şundan beri ham Ğazoga zarba berişda davom etmoqda. Taşkilot hukumatlar va xususiy homiylar hisobidan moliyalaşadi, Donald Tramp ma'muriyati BMT idoralariga ajratmalarni keskin qisqartirgaç, uning resurslari sezilarli kamaygan: BOO Ğazo va isroil işğolidagi Ğarbiy Sohildagi faoliyati uçun keyingi olti oyda qariyb 450 million dollar zarurligini aytadi, biroq bu yil Falastin hududlari uçun odatdagi mablağning faqat yarmini olgan; sentabrda Ğarbiy Sohilda ham yordam oluvçilar soni 400 mingdan 200 mingga tuşirilgan. BOO qiş kirişi bilan ehtiyoj yana oşişi mumkinligidan ogohlantirmoqda; BMT ma'lumotiga köra, isroil sulh şartlariga binoan Ğazoga köproq yuk kiritayotgan bölsa-da, harbiy maqsadda işlatilişi mumkin deb hisoblangan har qanday yukni, hatto protezlarni ham qaytarmoqda, şuningdek BMTni xolis emaslikda va falastinliklar orasida qaramlikni saqlab qolişda ayblamoqda.