● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Marko Rubio Samarqandga yetib keldi

AQŞ davlat kotibi Marko Rubioni Samarqand xalqaro aeroportida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boşqa rasmiylar kutib oldi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubioni "Samarqand" xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Marko Rubio Samarqandda "Markaziy Osiyo – AQŞ" (C5+1) formatidagi vazirlar uçraşuvida mintaqadagi hamkasblari bilan AQŞ va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini muhokama qilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, ertaga Samarqandda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio iştirokida "Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi" yiğilişi ötkaziladi. Mazkur tadbirda qatnaşiş uçun ikki yuzdan ortiq amerikalik tadbirkorning Özbekistonga kelişi AQŞ biznes vakillarining mamlakatimizga qiziqişi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Dunyodagi nufuzli ommaviy axborot vositalari Marko Rubioning Özbekistonga taşrifi va "C5+1" formatidagi uçraşuvni Vaşingtonning mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, strategik şeriklikni mustahkamlaş va mintaqadagi iştirokini kuçaytirişga intilayotgani bilan izohlamoqda.