AQŞ davlat kotibi Rubio Samarqandga yöl oldi
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik işbilarmon hamrohligida Markaziy Osiyo taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi uçun Samarqandga yöl oldi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining uçraşuvida iştirok etiş uçun Samarqandga yöl oldi. Rubioga mintaqaga, jumladan, muhim foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaşga sarmoya kiritişdan manfaatdor bölgan 200 dan ortiq amerikalik işbilarmon hamrohlik qilmoqda.
«Hozirgina Tramp ma'muriyatining mamlakatimiz uçun iqtisodiy imkoniyatlarini ta'minlaşni davom ettiriş maqsadida Özbekistonga safarimni boşladim», — deb yozdi Rubio X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Safarga çiqişdan oldin u aeroportda jurnalistlar bilan muloqot qildi va Markaziy Osiyoga taşrifi sabablari haqidagi savolga javob berdi: «Bu şu yetakçilar uçun ma'qul kelgan vaqt böldi. Bu yerda gap faqat Özbekiston haqida emas, Markaziy Osiyoning boşqa törtta mamlakati haqida ham ketmoqda».
Rubio global inqirozlar tufayli muhim strategik taşriflar ortga surilib ketayotganini, biroq Vaşington hamkor mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratayotganini ta'kidladi. «Bu juda muhim munosabatlar. Qayerdadir inqiroz, muammo çiqsa yoki konferensiya bölsa, hamişa öşa yerga şoşilamiz va oqibatda strategik taşriflarimiz bundan aziyat çekadi. Lekin munosabatlarimizni mustahkamlaşni istaganimiz uçun borgimiz keladigan mamlakatlar ham bor. Bir neça hafta oldin Gretsiyaga, undan oldin Lotin Amerikasiga, endi esa Markaziy Osiyoga», — dedi u.
Samarqandda 19 oktabr kuni "S5+1" formatida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ taşqi siyosat idoralari rahbarlarining uçraşuvi bölib ötadi. Uçraşuvda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari hamda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio iştirok etadi.
Şu kuni Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Marko Rubio ikki mamlakat örtasidagi kengaytirilgan strategik şeriklik muloqotining birinçi davrasini ötkazadi. Tomonlar strategik şeriklikni çuqurlaştiriş, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qiladi. Şuningdek, AQŞ va Markaziy Osiyo mamlakatlari işbilarmon doiralari vakillari iştirokida uçraşuvlar ötkaziliši rejalaştirilgan. Samarqanddagi uçraşuvlardan söng AQŞ davlat kotibi Hindistonga yöl oladi.