● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Andijonda sun'iy intellekt kampusiga poydevor qöyildi

Andijon viloyatining Oltinköl tumanida sun'iy intellekt va ilğor texnologiyalarga ixtisoslaşgan yangi texnologik kampusga poydevor qöyildi.

Oçiliş marosimi doirasida kampusning dastlabki taqdimot sinflari jamoatçilikka namoyiş etildi. Şuningdek, yangi ta'lim dasturlari böyiça Yevropa universitetlaridan kelgan professor-öqituvçilar ilk ma'ruzalarni öqidi.

Kampusda sakkizta ustuvor yönalişda faoliyat olib boriş rejalaştirilgan: robototexnika va mikroçip texnologiyalari, agrotexnologiya va aqlli qişloq xöjaligi, biotexnologiya va tibbiy sun'iy intellekt, fintex va raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt asosidagi kino san'ati, immersiv texnologiyalar hamda logistika innovatsiyalari.

Loyihadan közlangan asosiy maqsad — Andijonni Markaziy Osiyoning yirik ilmiy-texnologik va innovatsion markazlaridan biriga aylantiriş.

Yangi kampusda sun'iy intellekt faqat alohida fan sifatida emas, balki ilm-fanning turli tarmoqlarini özaro boğlovçi umumiy texnologik vosita va ilmiy til sifatida talqin etiladi. Şu bois majmua an'anaviy oliy ta'lim muassasasi bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar, texnologik işlanmalar va innovatsion startaplar markazi vazifasini ham bajaradi.

Kampusda ta'lim yetti yoşdan boşlanib, maktab, oliy ta'lim, ilmiy tadqiqot va startap bosqiçlarigaça uzluksiz davom etadigan yaxlit tizim asosida taşkil etiladi. Bu orqali yoşlarning zamonaviy bilimlarni egallaşi, ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirişi hamda öz ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantirişi uçun zarur şaroit yaratiladi.

Loyihaning ğoyasi, umumiy konsepsiyasi, akademik tuzilmasi va me'moriy yeçimini professor, doktor N. Selin Şenojak işlab çiqqan. U "Anatolia Teç Production" xalqaro madaniy-texnologik işlab çiqariş kompaniyasining asosçisi, şuningdek, YUNESKOning Madaniy diplomatiya, boşqaruv va ta'lim kafedrasi rahbari.

«Andijon asrlar davomida ilm-fan va saltanat beşigi bölib kelgan. Bugun bu zamin yana bir bor tafakkur va taraqqiyot markaziga aylanişga şay. Biz qöyayotgan bu poydevor şunçaki bir binoning emas, balki kelajakda dunyoni özgartira oladigan olimlar va ixtiroçilar avlodining poydevoridir», — dedi professor Selin Şenojak.

Universitet va texnologik kampus faoliyati yölga qöyilgaç, Yevropaning yetakçi texnika universitetlari bilan uzoq muddatli akademik va ilmiy hamkorlik örnatiş rejalaştirilgan. Hamkorlik doirasida qöşma ta'lim dasturlarini amalga oşiriş, ilmiy laboratoriyalar taşkil etiş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, xalqaro tadqiqotlar ötkaziş hamda innovatsion startaplarni qöllab-quvvatlaş közda tutilgan.

Mazkur taşabbus Andijonning ilmiy va texnologik salohiyatini yuksaltiriş, malakali mutaxassislar tayyorlaş hamda Şarq va Ğarbning ilmiy tajribasini bir makonda birlaştirişga xizmat qiladi.

Ma'lumot uçun: "Anatolia Teç Production" kompaniyasi 2021-yilda Turkiyada taşkil etilgan. Xalqaro madaniy-texnologik işlab çiqariş yönalişida faoliyat yurituvçi kompaniyaning Anqara, Parij va Toşkent şaharlarida vakolatxonalari bor. Uning Toşkentdagi vakolatxonasi "IT Park Uzbekistan" rezidenti hisoblanadi. Kompaniya Yevropa innovatsiyalar va texnologiyalar instituti — EIT hamda uning 28DIGITAL hamjamiyati bilan hamkorlik qiladi.