NYT: AQŞ va isroil Eronga yangi zarba tayyorlamoqda
AQŞ va isroil AQŞdagi oraliq saylovlardan söng Eronga yangi zarbalar berişning «aniq rejalarini tayyorlagani» daʼvo qilindi.
"The New York Times" (NYT) gazetasining xabar berişiça, nomi oşkor qilinmagan AQŞ rasmiylari va muzokaralardan xabardor boşqa manbalar AQŞ va isroil qurolli kuçlari AQŞdagi oraliq saylovlardan keyin Eronga yangi zarbalar beriş uçun «aniq rejalar tayyorlagani»ni daʼvo qildi. AQŞ rasmiylariga köra, AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset şu hafta isroilda Boş vazir Binyamin Netanyaxu bilan uçraşib, yangi zarbalarni muhokama qilgan.
Rasmiylar AQŞ Prezidenti Donald Tramp şu oy hujum boşlaş haqida qaror qabul qilişi ehtimoli borligini aytdi. Ulardan biri Tramp «Eron yadro quroliga ega bölmasligini taʼminlaş» uçun barça variantlarni oçiq qoldirayotganini taʼkidladi. Baʼzi rasmiylar esa benzin narxi yanada oşib ketmasligi uçun ehtimoliy zarbalar neftni qayta işlaş zavodlari va neft infratuzilmasini nişonga olmasligini aytdi.
Masaladan xabardor AQŞ va isroil mudofaa rasmiylariga köra, isroil va AQŞ şu oy boşida Eronga hujum qilişga juda yaqin kelgan, biroq Tramp söngği daqiqada hujumni keçiktiriş haqida qaror qabul qilgan. Nomi oşkor qilinmasligi şarti bilan gapirgan bir qömondon takroriy rejalaştiriş harakatlari harbiy rejalaştiruvçilar orasida «kundan kunga özgarib turadigan sarosima»ga sabab bölganini aytdi.