Klinton: «Musulmonlarni kamsitayotganlardan çarçadim»
AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton musulmonlarni faqat musulmon bölgani uçun kamsitadigan odamlardan çarçaganini aytdi va Qurʼonni öqişga uni qizi undaganini eslatdi.
Bill Klintonning bu sözlari yozilgan video 21-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va 1,5 million marta körildi. Sobiq prezident unda Qurʼondagi bir fikrni keltiradi: Klintonning aytişiça, buni u birinçi marta 15 yoşida Qurʼonni boşidan oxirigaça öqib çiqqan qizidan eşitgan.
«Musulmonlarni musulmon bölgani uçun kamsitayotgan odamlardan çarçadim. Qurʼonda aytiladi — buni ilk bor qizimdan eşitganman, u 15 yoşida Qurʼonni boşidan oxirigaça öqib çiqqan va menga: "Buni öqing", degan edi, — Alloh turli xalqlarni yer yuziga bir-birlarini yomon körişlari uçun emas, balki bir-birlarini tanişlari va bir-birlaridan örganişlari uçun joylagan», — dedi Bill Klinton.
«Har bir dinda yomon odamlar bor, çunki barçamiz nuqsonli insonlarmiz. Lekin diniy uruşlar, madaniyatlar uruşi — men şunçaki çarçadim», — dedi u.