Nobel sovrindori çöl havosidan kuniga 1000 litr suv olmoqçi
Kimyo böyiça 2025-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Omar Yağiy quyoş energiyasi bilan işlaydigan, havodan, hatto çölda ham suv oladigan va kuniga 1000 litrgaça toza suv berişi rejalaştirilgan texnologiya ustida işlamoqda.
Yağiyning ixtirosida millionlab mikroskopik ğovaklari bor, maxsus işlab çiqilgan materiallar qöllanadi. Ular suv molekulalarini töğridan-töğri atmosferadan tutib oladi va juda quruq şaroitda ham havodagi namlikni şimadi. Söngra quyoş nuri yoki boşqa issiqlik manbai tutib qolingan namlikni ajratib çiqaradi va u suyuq suv sifatida yiğib olinadi.
Olim Iordaniyada falastinlik qoçoqlar oilasida ulğaygan va suv taqçilligini öz boşidan keçirgan. Baʼzan vodoprovod suvi bir-ikki haftada faqat bir marta kelgan, oila esa suv kelişi bilan idişlarni töldirişga oşiqqan. Oradan ön yillar ötib, Yağiy boşqalarni xuddi şunday qiyinçiliklardan asray oladigan texnologiyani yaratişga hissa qöşmoqda.
Prototip kuniga 300 litrgaça suv işlab çiqara olişini körsatgan, kattaroq tijoriy tizim esa kuniga 1000 litr suv berişi uçun loyihalanmoqda. Bu texnologiya kelajakda çekka aholi punktlari, qurğoqçilikdan aziyat çekayotgan hududlar va işonçli infratuzilmasi yöq joylar uçun qimmatli suv manbaiga aylanişi mumkin.