● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Tramp: «Ukrainadan yer va nodir metallar oldik»

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga berilgan 350 milliard dollar evaziga Vaşington katta yer maydoni, nodir yer metallari va boşqa resurslarni qölga kiritganini aytdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina haqida gapirar ekan, Qöşma Ştatlar bu davlatga 350 milliard dollar ajratganini ta'kidladi. Uning söziga köra, şu mablağ evaziga Vaşington yer, nodir yer metallari va boşqa resurslarni olgan.

«Biz Ukrainaga 350 milliard dollar berdik. Va men bu pul evaziga nimadir olişimizni qattiq talab qildim. Natijada biz juda katta yer maydoni, nodir yer metallari va boşqa resurslarni oldik», — dedi Donald Tramp.

«Bularning barçasi oxir-oqibat qançaga baholanişini köramiz», — dedi AQŞ prezidenti.