Sisi 2030-yilda prezidentlikni tark etadi
Misr prezidenti Abdulfattoh Sisi joriy olti yillik muddati tugagaç, 2030-yilda boşqaruvni yakunlaşini va konstitutsiyani özgartirmasligini ma'lum qildi.
Misr prezidenti Abdulfattoh Sisi joriy olti yillik muddati tugaşi bilan 2030-yilda boşqaruvni yakunlaşini e'lon qilib, «Misr konstitutsiyasi daxlsiz qoladi», deya ta'kidladi. Harbiy akademiya bitiruvçilari oldida çiqiş qilgan 71 yoşli Misr rahbari vakolatlarini topşiriş masalasi uzil-kesil hal bölganini aytdi: «2030-yil mening prezidentlik muddatimning nihoyasi böladi. Bu masala töliq hal qilingan».
Sisi, şuningdek, akademiya mamlakat boşqaruvini öz qöliga olişga tayyor yangi avlod rahbarlarini yetiştirayotganini qayd etdi: «Misr davlati mas'uliyatni öz zimmasiga ola biladigan öz xalqi bilan tölmaguniça, men uni tark etmayman».
Bu bayonot Misr atrofidagi mintaqaviy inqirozlar keskinlaşgan bir paytda yangradi. Xalqaro huquq himoyaçi taşkilotlar esa yillar davomida Sisini tanqid qilib, u 2013-yilda hokimiyatga kelganidan beri Misr qamoqxonalarida ön minglab siyosiy mahbuslar saqlanayotganini ta'kidlab kelmoqda.