● Sayt sinov rejimida işlamoqda

«Strategik tahdid»: isroildan 1369 şifokor ketdi

Uç yil içida isroildan qariyb 1,4 ming şifokor emigratsiya qildi, mutaxassislar oqimi esa ötgan ön yillikdagiga nisbatan 94 foizga oşdi.

isroil soğliqni saqlaş tizimi tibbiyot kadrlarining keng kölamda çiqib ketişiga duç keldi: Tel-Aviv universiteti va isroil tibbiyot assotsiatsiyasi (IMA) qöşma hisobotiga köra, 2023–2025-yillarda mamlakatni 1369 şifokor tark etgan. Mutaxassislarning ketiş surʼati ötgan ön yillikning şu davriga nisbatan 94 foizga oşgan, eng oğir kadr taqçilligi esa onkologiya, psixiatriya, gastroenterologiya va terapiya kabi hayotiy muhim yönalişlarda qayd etilgan. isroillik medlar köçib ötayotgan asosiy davlatlar — Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada, Germaniya va Avstraliya.

IMA raisi Sion Xagay vaziyatni «isroil tibbiyoti mavjudligi uçun strategik tahdid» deb atadi va yoş internlardan taşqari, yangi avlod şifokorlarini öqitayotgan 45 yoşdan oşgan tajribali mutaxassislar ham mamlakatni ommaviy ravişda tark etayotganini taʼkidladi. Şifokorlar ketişning asosiy sabablari sifatida Ğazodagi genotsid boşlanganidan keyingi surunkali xavfsizlik beqarorligini, aholi orasida posttravmatik sindrom tölqini tufayli haddan taşqari ruhiy zöriqişni hamda farzandlari kelajagini xavfsiz qiliş istagini aytmoqda, maoş masalalari esa ikkinçi darajaga tuşib qolgan.

Medlarning ommaviy ketişi rekord darajadagi migratsiya inqirozining bir qismiga aylandi: 2023-yildan buyon isroilni jami 270 mingga yaqin fuqaro tark etgan, ketganlar orasida esa oliy maʼlumotlilar köpçilikni taşkil qiladi. Kadrlar inqirozini davlat klinikalarida işlayotgan şifokorlarning qariyb çoragi pensiya yoşiga yaqinlaşayotgani yanada keskinlaştirmoqda. Bundan taşqari, uruş fonida kasalxonalarda arab tibbiyot xodimlariga qarşi irqçilik hujumlari kuçaymoqda, qariyb 4 ming falastinlik tibbiyot oliygohi bitiruvçisi esa sunʼiy kamsitiş tösiqlari sababli işga joylaşa olmayapti.