● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Xtend: «Biz duşmanni yengadigan kompyuter öyinini yaratdik»

Isroillik Xtend dron kompaniyasi rahbarining aytişiça, firmaning maqsadi "Ender öyini" romanidagi ğoyani hayotga tatbiq etiş. Bu romanda qahramon öyin öynayapman deb öylab, aslida haqiqiy odamlarni öldiradi.

Vanity Fair naşri xabar berişiça, Isroilning uçuvçisiz uçiş apparatlari işlab çiqaradigan Xtend kompaniyasi boş direktori firmaning yakuniy maqsadi 1980-yillarda yozilgan "Ender öyini" ilmiy-fantastik romanidagi konsepsiyani hayotga tatbiq etiş ekanini maʼlum qildi. Bu asarda boş qahramon simulyatsiyada qatnaşayotganiga işongan holda, aslida haqiqiy odamlarni öldiradi. Roman syujetiga köra, u yöq qilgan barça nişonlar haqiqiy bölganini juda keç anglaydi.

Intervyulardan birida qayd etilişiça, Xtend ofislarining hamma joyida şu roman asosida suratga olingan filmga bağişlangan plakatlar osilgan. Kompaniya askarlar kitob qahramoni kabi bir vaqtning özida köplab uçuvçisiz uçiş apparatlarini boşqara oladigan dunyoni yaratişga intilmoqda.

«Aslida biz özimizni heç qanday xavfga qöymasdan duşmanlarni yengiş imkonini beradigan kompyuter öyinini yaratdik», — dedi kompaniya asosçisining birodari. U boşqa bir intervyuda Xtendning isroil armiyasi bilan hamkorligi haqida gapirgan.